Moliya

UniversalBank 10 mln dollarlik valyuta obligatsiyalarini joylashtiradi

UniversalBank 10 mln dollarlik valyuta obligatsiyalarini joylashtiradi
UniversalBank 10 mln dollarlik valyuta obligatsiyalarini joylashtiradi / Foto: Universal Bank.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — UniversalBank 28 sentyabr kuni umumiy qiymati 10 mln dollarlik valyuta obligatsiyalarini joylashtirishni boshlaydi. Qimmatli qog‘ozlarning daromadliligi yillik 8,5 foizni tashkil etadi. Bu haqda Yagona korporativ axborot portali maʼlumotlari dalolat bermoqda.

UniversalBank obligatsiyalarini chiqarish to‘g‘risidagi qarorni bank kuzatuv kengashi 18 avgust kuni qabul qilgan. Qimmatli qog‘ozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni 11 sentyabr kuni yakunlangan.

Bir obligatsiyaning nominal qiymati 100 dollarni, muomala muddati esa ikki yilni tashkil etadi. Kupon daromadi har chorakda to‘lab boriladi.

Obligatsiyalarni joylashtirish 28 sentyabr, dushanba kuni boshlanadi.

Bozorda boshqa valyuta obligatsiyalari chiqarilishi ham rejalashtirilmoqda. Poytaxt Bank yillik 8,5 foiz daromadli 10 mln dollarlik obligatsiyalarni joylashtirishni rejalashtirgan. Agat Credit esa yillik 11,5 foiz daromadli 10 mln dollarlik obligatsiyalarni chiqaradi. Asia Alliance Bank 25 sentyabr kuni 20 mln dollarlik obligatsiyalarni yillik 7 foiz daromad bilan joylashtiradi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.