Toshkent — Andijon yo‘nalishida yangi elektropoyezd qatnaydi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 10 sentyabrdan Toshkent — Andijon temir yo‘l yo‘nalishida zamonaviy tezyurar CRRC-Dalian elektropoyezdi qatnay boshlaydi. Shu bilan birga, Farg‘ona vodiysiga harakatlanuvchi qator yo‘lovchi poyezdlarining harakat jadvali ham o‘zgartiriladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi poyezd amaldagi №730/729 «Toshkent — Andijon — Toshkent» poyezdi o‘rnini egallaydi.
№730 poyezd “Toshkent-Yo‘lovchi” vokzalidan soat 09:20 da jo‘naydi. Angrenga 10:25 da, Papga 12:00 da, Qo‘qonga 12:28 da, Marg‘ilonga 13:00 da, Andijonga esa 13:35 da yetib boradi.
Qaytish yo‘nalishidagi №729 poyezd Andijondan 15:38 da jo‘naydi. Marg‘ilonga 16:11 da, Qo‘qonga 16:43 da, Papga 17:11 da, Angrenga 18:50 da yetib boradi. “Toshkent-Yo‘lovchi” vokzaliga 19:53 da yetib kelish rejalashtirilgan.
Elektropoyezd 357 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Birinchi va ikkinchi vagonlarda iqtisodiy klass uchun 95 tadan, uchinchi vagonda 72 ta, to‘rtinchi vagonda esa 95 ta o‘rin mavjud.
Yangi poyezd ishga tushirilishi bilan bir qatorda, 10 sentyabrdan boshqa poyezdlarning harakat jadvallari ham o‘zgaradi.
№91 Andijon — Toshkent poyezdi 15 sentyabrdan Andijondan 18:40 da jo‘nab, Toshkentga 01:31 da yetib keladi. №92 Toshkent — Andijon poyezdi esa 14 sentyabrdan 17:50 da jo‘naydi va Andijonga 00:36 da yetib boradi.
№93 Andijon — Toshkent poyezdi uchun 12 sentyabrdan jo‘nash vaqti 16:35, yetib kelish vaqti esa 22:31 etib belgilanadi. №97/95 Andijon — Toshkent poyezdi 10 sentyabrdan 17:30 da jo‘naydi va Toshkentga 00:27 da yetib keladi.
№96 Toshkent — Andijon poyezdi 10 sentyabrdan 04:55 da jo‘naydi va Andijonga 11:43 da yetib boradi. Shu yo‘nalishdagi №98/94 poyezd Toshkentdan 07:14 da jo‘nab, Andijonga 13:48 da yetib keladi.
O‘zgarishlar uzoq masofaga qatnovchi poyezdlarga ham taalluqli. №126/125 Xiva/Urganch — Andijon poyezdi 9 sentyabrdan yangilangan jadval asosida harakatlanadi: “Toshkent-Janubiy” vokzalidan 05:58 da jo‘naydi va Andijonga 12:13 da yetib boradi.
Qaytish yo‘nalishidagi №125/126 Andijon — Xiva/Urganch poyezdi 10 sentyabrdan 15:45 da jo‘naydi va “Toshkent-Janubiy” vokzaliga 21:48 da yetib keladi. Shundan so‘ng harakat amaldagi jadval asosida davom ettiriladi.
№127/128 Andijon — Qo‘ng‘irot poyezdi 10 sentyabrdan 17:30 da jo‘naydi va “Toshkent-Janubiy” vokzaliga 00:27 da yetib keladi. №128/127 Qo‘ng‘irot — Andijon poyezdi esa shu sanadan “Toshkent-Janubiy” vokzali orqali 05:58 da o‘tib, Andijonga 13:14 da yetib boradi.
№129/130 Andijon — Termiz poyezdi 10 sentyabrdan 16:35 da jo‘naydi, “Toshkent-Janubiy” vokzaliga 22:31 da yetib keladi va keyin harakatini amaldagi jadval asosida davom ettiradi. Qaytish yo‘nalishidagi №130/129 poyezd esa 9 sentyabrdan “Toshkent-Janubiy” vokzali orqali 07:14 da o‘tib, Andijonga 13:15 da yetib boradi.
№731 va №732 poyezdlarining harakat jadvallari ham o‘zgartirildi. 10 sentyabrdan №731 Andijon — Toshkent poyezdi 06:35 da jo‘nab, 13:15 da yetib keladi, №732 Toshkent — Andijon poyezdi esa 17:50 da jo‘nab, 23:58 da Andijonga yetib boradi.
№733 Andijon — Toshkent poyezdi 14 sentyabrdan 05:50 da jo‘naydi va 13:15 da yetib keladi. №734 Toshkent — Andijon poyezdi 13 sentyabrdan 17:50 da jo‘naydi va 00:36 da Andijonga yetib boradi.
Hududiy yo‘nalishlarda №6312 Qo‘qon — Andijon poyezdi 10 sentyabrdan 06:05 da jo‘nab, 08:44 da yetib boradi. Qaytish yo‘nalishidagi №6313 Andijon — Qo‘qon poyezdi 17:08 da jo‘naydi va 19:45 da Qo‘qonga yetib keladi.
№7091 Qo‘qon — Namangan — Andijon — Qo‘qon yo‘nalishidagi poyezd 10 sentyabrdan Qo‘qondan 05:30 da jo‘naydi, Namanganga 07:51 da, Andijonga 10:40 da yetib boradi va Qo‘qonga 13:42 da qaytadi.
№7093 Qo‘qon — Namangan poyezdi 10 sentyabrdan 14:15 da jo‘naydi va 16:36 da yetib boradi. №7094 Namangan — Qo‘qon poyezdi esa 17:00 da jo‘nab, 19:16 da Qo‘qonga yetib keladi.
Yo‘lovchilarga safarlarni rejalashtirishda yangi jadvallarni hisobga olish va yo‘lga chiqishdan oldin amaldagi harakat jadvalini oldindan tekshirish tavsiya etiladi.