Shoshilinch
O‘zbekiston

O‘zbekistonda Fisherman ID raqamli tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda Fisherman ID raqamli tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda Fisherman ID raqamli tizimi joriy etiladi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi «Baliqchi kartasi» (Fisherman ID) raqamli tizimini joriy etish bo‘yicha tijorat takliflarini qabul qilishni eʼlon qildi.

Texnik topshiriqqa ko‘ra, ijrochilar tizim arxitekturasi, foydalanuvchi interfeysi dizayni va undan foydalanish tartibini taqdim etishi kerak. Taqdim etiladigan arizalar belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi lozim.

Fisherman ID bir nechta funksional modulni o‘z ichiga oladi. Ular qatorida to‘lov tizimi va shaxsiy kabinetga ega baliq ovlash biletlarini rasmiylashtirish, ochiq portal va baliq ovlash zonalari reyestri, bronlash va QR-propusklar tizimi, hamkorlar uchun shaxsiy kabinet, integratsiya qilingan marketpleys, shuningdek, billing va tahlil funksiyalariga ega maʼmuriy tizim bo‘ladi.

Tizim Android va iOS uchun mobil ilova ko‘rinishida ishlaydi. Uning Click va Payme to‘lov tizimlari, xarita platformalari, Telegram Bot API hamda boshqa servislar bilan integratsiya qilinishi nazarda tutilgan.

Ijrochi, shuningdek, tizim axborot xavfsizligini taʼminlashi, uni qo‘mita serverlariga joylashtirishi, testdan o‘tkazishi, zarur hujjatlarni tayyorlashi va foydalanuvchilarni o‘qitishi kerak.

Tizim ishga tushirilganidan so‘ng 12 oy davomida kafolatli texnik qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatilishi nazarda tutilgan.

Tijorat takliflari [ecotourismhunting@uznature.uz] elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi. Arizalarni topshirishning so‘nggi muddati — 23 sentyabr.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.