O‘zbekistonda avtomobil sotuvi 91 mingtaga yetdi

O‘zbekistonda avtomobil sotuvi 91 mingtaga yetdi

O‘zbekistonda avtomobil sotuvi 91 mingtaga yetdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda 2026 yil yanvar–mart oylarida jami 91 088 ta avtomobil sotildi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” AJ maʼlumotlari dalolat beradi.

Bozorda eng yirik o‘yinchi sifatida UzAuto Motors qolmoqda. Kompaniya ushbu davrda 45 881 ta avtomobil sotgan bo‘lib, bozordagi ulushi 50,4 foizni tashkil etdi va milliy avtosanoatda yetakchi mavqeini saqlab qoldi.

Ikkinchi o‘rinni Khorezm Auto egallab, 26 348 ta avtomobil sotdi. Bu ko‘rsatkich bozorning 28,9 foiziga teng. Uchinchi o‘rinda esa ADM Jizzakh bo‘lib, 10 886 ta avtomobil sotgan va 12,0 foiz ulushga ega bo‘lgan.

Bozor ishtirokchilari orasida BYD Uzbekistan Factory 7 799 ta avtomobil sotib, 8,6 foiz ulushni egalladi. Asaka Motors 96 ta, SamAuto esa 78 ta avtomobil sotgan bo‘lib, har biri 0,1 foizdan ulushga ega.

Brendlar kesimida Chevrolet yetakchilikni saqlab qolmoqda — hisobot davrida 72 229 ta avtomobil sotilgan. Keyingi o‘rinlarda BYD 7 799 ta va KIA 6 684 ta avtomobil bilan joylashgan. Shuningdek, Haval 2 181 ta, Chery 2 021 ta, Hyundai 96 ta va Isuzu 78 ta avtomobil bilan bozorda ishtirok etgan.

Modellar bo‘yicha eng katta talab Chevrolet Cobalt‘ga qayd etildi — 23 993 ta. Keyin Chevrolet Damas 18 808 ta va Chevrolet Tracker 11 102 ta avtomobil bilan keladi.

Eng ko‘p sotilgan modellar qatoriga shuningdek Chevrolet Onix — 10 396 ta, Chevrolet Labo — 7 540 ta, KIA Sonet — 5 596 ta, BYD Song Plus Champion DMI — 2 838 ta, BYD Yuan Up — 2 099 ta, BYD Chazor — 1 716 ta va Haval M6 — 986 ta avtomobil kirdi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling