O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi boks bo‘yicha Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli yakunladi / Foto: Asian Boxing

UzDaily tahririyati · 16.07.2026 · 20:40 · 27 views
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi boks bo‘yicha Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli yakunladi / Foto: Asian Boxing

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi boks bo‘yicha Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli yakunladi / Foto: Asian Boxing

 Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi Jakarta shahrida bo‘lib o‘tgan U19 va U23 yosh toifalari o‘rtasidagi boks bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirokini muvaffaqiyatli yakunladi. Musobaqaning so‘nggi kunida U23 toifasi finallarida o‘zbekistonlik bokschilar to‘rtta oltin va ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi.

65 kg vazn toifasida Ilhomjon Ergashev finalda Hindiston vakili Vanshajni 4:1 hisobida mag‘lub etib, Osiyo chempioni bo‘ldi.

70 kg vaznda Abdulloh Madaminov hal qiluvchi jangda qozog‘istonlik Nurbek Mursalni 5:0 hisobida ishonchli mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Terma jamoaga yana bir g‘alabani Fazliddin Erkinboyev taqdim etdi. U 80 kg vazn toifasi finalida Qozog‘iston vakili Oner Seilxanni hakamlarning yakdil qarori bilan 5:0 hisobida mag‘lub etdi.

90 kgdan yuqori o‘ta og‘ir vazn toifasida Ozodbek Aliyev qirg‘izistonlik Mirzakir Koshaliyevga qarshi kechgan keskin final bahsida 3:2 hisobida ustun kelib, Osiyo chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.

85 kg vazn toifasida Norbek Abdullayev finalda qozog‘istonlik Temirlan Mukatayevga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. 90 kg vaznda esa Samir Sobirov Qozog‘iston vakili Ibragim Betayevga 2:3 hisobida yutqazib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

55 kg vazn toifasida Faryozbek Dusmatov bronza medali sohibiga aylandi. 60 kg vaznda Abdurahmon Mahmudjonov ham chempionatning bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Terma jamoaga yana bir bronza medalni 75 kg vazn toifasida uchinchi o‘rinni egallagan Abdulaziz Abdulhamidov taqdim etdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik bokschilar o‘nta vazn toifasida 4 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, yakuniy medallar jadvalida birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni Qozog‘iston terma jamoasi band etdi.

Turnir yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi boks bo‘yicha Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yoshlar toifasida qitʼadagi yuqori tayyorgarlik darajasi va yetakchilik mavqeini yana bir bor tasdiqladi.