O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdilar

UzDaily · 15.11.2025 · 20:39 · 1552 views
O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdilar

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi. 

Yetakchilar O‘zbekiston – Tojikiston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

O‘zaro savdoni ko‘paytirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ko‘rish, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi hamda boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Faol madaniy-gumanitar almashinuvlar va samarali hududlararo aloqalarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

UzDaily · 👁 1552 views · 15.11.2025 · 20:39