O‘zbekiston

O‘zbekiston va Shveysariya Afg‘onistondagi vaziyat va suv resurslari bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Shveytsariya Konfederatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Konstantin Obolenskiy bilan uchrashdi.

Afg‘onistondagi bugungi vaziyat, xalqaro hamjamiyatning mamlakatda gumanitar inqirozning oldini olish borasidagi sa’y-harakatlar, shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish sohasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Afg'on muammosi bo‘yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlarni davom ettirishda o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.