O‘zbekiston

O‘zbekiston va Rossiya harbiy-texnik hamkorlik kelishuvini o‘zgartiradi

O‘zbekiston va Rossiya harbiy-texnik hamkorlik kelishuvini o‘zgartiradi
O‘zbekiston va Rossiya harbiy-texnik hamkorlik kelishuvini o‘zgartiradi / Foto: Toshkent shahar hokimiyati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Rossiya harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi shartnomaga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi.

Tegishli farmoyish Rossiyaning normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy eʼlon qilish saytida chop etildi.

Hujjat Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi amaldagi shartnomaga o‘zgartishlar kiritadigan protokolni tuzish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini nazarda tutadi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi shartnoma 2017 yil may oyida kuchga kirgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.