O‘zbekiston

O‘zbekiston va Onodera User Run kadrlar tayyorlashni kengaytiradi

O‘zbekiston va Onodera User Run kadrlar tayyorlashni kengaytiradi
O‘zbekiston va Onodera User Run kadrlar tayyorlashni kengaytiradi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Yaponiyada O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Migratsiya agentligi vakillari xorijiy mutaxassislarni tayyorlash, saralash va ishga joylashtirishga ixtisoslashgan Onodera User Run kompaniyasi prezidenti Jun Kato bilan uchrashdi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Onodera User Run bilan hamkorlik doirasida Toshkentda nomzodlarni Yaponiyada ishlashga tayyorlash dasturlari amalga oshirilmoqda.

Taʼlim jarayoni yapon tilini o‘rganish va kasbiy ko‘nikmalarni egallashni o‘z ichiga oladi.

Ayni paytda tayyorgarlik haydovchilik xizmatlari, parvarish va umumiy ovqatlanish bilan bog‘liq yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilmoqda.

Uchrashuvda tomonlar amaldagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. O‘zbekiston hududlarida yangi taʼlim markazlarini ochish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlarni tayyorlash ko‘lamini oshirish hamda ularning keyinchalik Yaponiyada ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.