O‘zbekiston

O‘zbekiston Koreyadagi Hyangnam farmklasteri tajribasini o‘rgandi

O‘zbekiston Koreyadagi Hyangnam farmklasteri tajribasini o‘rgandi
O‘zbekiston Koreyadagi Hyangnam farmklasteri tajribasini o‘rgandi / Foto: Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Janubiy Koreyaga amaliy tashrif doirasida Tibbiy va farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Hyangnam Pharmaceutical Industrial Complex faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Tibbiy va farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi xabar berdi.

Tashrif davomida majmua hududida joylashgan farmatsevtika kompaniyalari, ishlab chiqarish korxonalari va sanoat infratuzilmasining faoliyati o‘rganildi.

Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish tajribasi, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish va yagona sanoat hududi doirasida korxonalarni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, farmatsevtika sanoatida klaster modeli qo‘llanilishi, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi kooperatsiya va infratuzilmaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bo‘yicha fikr almashildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.