O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O'zbekiston va IFC kapital bozorini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

UzDaily tahririyati · 28.07.2026 · 14:00 · 31 views
O'zbekiston va IFC kapital bozorini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

O'zbekiston va IFC kapital bozorini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi / Surat: ILMA

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Istiqbolli loyihalar milliy agentligida Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya tarkibidan Jahon banki guruhi G‘aznachiligi hamda IFCning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari o‘rin oldi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston ichki kapital bozorini rivojlantirish masalalari, shuningdek, Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) obligatsiyalarini respublika ichki bozorida milliy valyutada joylashtirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar.

Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilari Jahon banki guruhi G‘aznachiligi va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) tomonidan ichki kapital bozorini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashning istiqbolli yo‘nalishlarini, jumladan, normativ-huquqiy bazani yana-da takomillashtirish, bozor infratuzilmasini rivojlantirish hamda institutsional salohiyatni mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Qayd etilganidek, mazkur tashabbuslarni amalga oshirish moliyaviy instrumentlar turini kengaytirish, moliyalashtirish imkoniyatlarini oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorini yana-da rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tomonlar O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirish sohasidagi hamkorlikni yana-da kengaytirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.