O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekiston va Afg‘oniston 4,5 million dollarlik shartnomalarni imzoladi

Dilafro'z Niyazova · 03.02.2025 · 22:30 · 830 views
O‘zbekiston va Afg‘oniston 4,5 million dollarlik shartnomalarni imzoladi
O‘zbekiston va Afg‘oniston 4,5 million dollarlik shartnomalarni imzoladi (Surat: Tasnim)

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Afg‘oniston ishbilarmon doiralari 4,5 million dollarlik savdo shartnomalarini imzoladi. Bu haqda Tasnim xabar bermoqda.

«Tolibon»ning Sanoat va savdo vazirligi ma’lum qilishicha, ikki davlatning xususiy sektor vakillari umumiy qiymati 4,5 million dollarga teng bo‘lgan shartnomalarni imzolagan.