O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O‘zbekiston U23 Osiyo chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi

UzDaily tahririyati · 13.07.2026 · 08:49 · 20 views
O‘zbekiston U23 Osiyo chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi

Jonbibi Hukmova / Foto: Asian Athletics

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning Ordos shahrida yakunlangan 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik yengil atletikachilar 10 ta medalni — beshta oltin, to‘rtta kumush va bitta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Turnirning so‘nggi kuni milliy terma jamoa medallar jamg‘armasini ikkita oltin va bitta bronza medali bilan boyitdi. Balandlikka sakrash bahslarida g‘olib chiqqan Amir Nagayev va uch hatlab sakrash musobaqasida birinchi o‘rinni egallagan Sharifa Davronova Osiyo chempioniga aylandi. Yettikurash bahslarida Ug‘iloy Norboyeva bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Chempionat yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida Xitoy va Yaponiya terma jamoalaridan ortda qoldi.

Terma jamoaga oltin medallarni, shuningdek, 400 va 800 metrga yugurish bahslarida g‘olib chiqqan Jonbibi Hukmova hamda balandlikka sakrashda eng yaxshi natija qayd etgan Valeriya Gorbatova ham taqdim etdi.

Chempionatning kumush medal sohiblari 400 metrga to‘siqlar osha yugurishda Nurxon Ochilova, balandlikka sakrashda Barnoxon Sayfullayeva, bolg‘a uloqtirishda Ayubxon Fayozov va uch hatlab sakrashda Ibrohim Mahkamov bo‘ldi. Terma jamoaning bronza medalini yettikurashda uchinchi o‘rinni egallagan Ug‘iloy Norboyeva qo‘lga kiritdi.