O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O‘zbekiston U23 Osiyo chempionatida uch medalni qo‘lga kiritdi

UzDaily tahririyati · 12.07.2026 · 11:10 · 29 views
O‘zbekiston U23 Osiyo chempionatida uch medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston U23 Osiyo chempionatida uch medalni qo‘lga kiritdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning Ordos shahrida o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha U23 Osiyo chempionatining navbatdagi musobaqa kunida O‘zbekiston terma jamoasi ikki oltin va bir kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa g‘oliblari qatoridan 800 metrga yugurish bahslarida birinchi o‘rinni egallagan Jonbibi Hukmova hamda balandlikka sakrash bahslarida oltin medal sohibi bo‘lgan Valeriya Gorbatova o‘rin oldi.

Terma jamoa hisobiga yana bir medalni balandlikka sakrash musobaqalarida kumush medal sohibi bo‘lgan Barnoxon Sayfullayeva keltirdi.

Yengil atletika bo‘yicha U23 Osiyo chempionati Xitoyning Ordos shahrida davom etmoqda.