7
Sport

O‘zbekiston U-20 Janubiy Koreyani nazorat o‘yinida mag‘lub etdi

O‘zbekiston U-20 Janubiy Koreyani nazorat o‘yinida mag‘lub etdi
O‘zbekiston U-20 Janubiy Koreyani nazorat o‘yinida mag‘lub etdi / Foto: UFA.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar U-20 terma jamoasi U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichi boshlanishi oldidan so‘nggi nazorat uchrashuvida Janubiy Koreya terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvdagi yagona golni 78-daqiqada Davron To‘laganov kiritdi.

U-20 Osiyo kubogi saralash uchrashuvlari 25 avgustdan 6 sentyabrga qadar o‘tkaziladi. Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin O‘zbekiston terma jamoasi uchun saralash turniri boshlanishidan oldingi so‘nggi nazorat uchrashuvi bo‘ldi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.