O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Sport

O‘zbekiston U-17 Urugvay va Ispaniya bilan o‘ynaydi

Dilafro'z Niyazova · 23.08.2026 · 18:15 · 38 views
O‘zbekiston U-17 Urugvay va Ispaniya bilan o‘ynaydi
O‘zbekiston U-17 Urugvay va Ispaniya bilan o‘ynaydi / Foto: UFA.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston U-17 yoshlar terma jamoasi Toshkentdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunlab, Ispaniyaning Albir shahriga yo‘l oldi. Sergey Chigodayev boshchiligidagi jamoa 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Tayyorgarlik doirasida jamoa Ispaniyada ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. 25 avgust kuni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Urugvayga qarshi maydonga tushsa, 27 avgustda Ispaniya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

Har ikki uchrashuv ham O‘zbekiston terma jamoasining 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi bo‘lajak jahon chempionatiga tayyorgarligi doirasida o‘tkaziladi.