Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik tadbirkorlardan iborat delegatsiya Qobul shahridagi eng yirik ulgurji savdo markazlaridan biri — “Mandavi” bozoriga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari oziq-ovqat mahsulotlari, kimyoviy vositalar, elektronika, elektrotexnika va boshqa turdagi mahsulotlar savdosi, bozordagi talab, narxlar hamda import-eksport imkoniyatlarini o‘rgandilar.
Tadbirkorlar uchun bu tashrif Afg‘oniston bozorining real ehtiyojlarini o‘rganish, mahalliy ishbilarmonlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash imkonini berdi.
Shuningdek, delegatsiya vakillari Kobul shahrida o‘tkaziladigan B2B uchrashuvlari doirasida afg‘on tadbirkorlari bilan muzokaralar olib borib, eksport hajmini oshirish va o‘zaro manfaatli savdo kelishuvlarini shakllantirishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston tadbirkorlari Qobulning “Mandavi” bozorini o‘rgandi
Dilafro'z Niyazova
Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.