O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O'zbekiston qilichbozlik bo'yicha jahon chempionati uchun tarkibni e'lon qildi

UzDaily tahririyati · 17.07.2026 · 14:30 · 28 views
O'zbekiston qilichbozlik bo'yicha jahon chempionati uchun tarkibni e'lon qildi

O'zbekiston qilichbozlik bo'yicha jahon chempionati uchun tarkibni e'lon qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston qilichbozlik bo‘yicha terma jamoasi 22–30 iyul kunlari Gonkongda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi. Milliy jamoa ayni paytda turli shaharlardagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida musobaqaga tayyorgarlikning yakuniy bosqichini o‘tamoqda.

Terma jamoa tarkibidan sablya, rapira va shpaga yo‘nalishlarida ishtirok etadigan sportchilar o‘rin olgan.

Musa Aimuratov, Islambek Abdazov, Sardor Abdukarimbekov va Alpomish Urokboev erkaklar o‘rtasidagi qilichbozlik musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Ayollar jamoasida Zaynab Dayibekova, Guliston Perdibaeva, Fernanda Herrera, Ayakoz Jumamuratova va Samira Shokirova bor.

Rapira yo‘nalishida erkaklar o‘rtasida Radmir Semeneyev, Ulug‘bek Usmanov, Ilyas Molina va Danil Kravsov bahs olib boradi. Ayollar o‘rtasida O‘zbekiston nomidan Polina Volobuyeva ishtirok etadi.

Shpaga bahslarida erkaklar o‘rtasida Meyrxan Temurov, Javohir Nurmatov va Vadim Anoxin qatnashadi. Ayollar jamoasi tarkibidan Dilnaz Murzatayeva, Malika Hakimova va Shahzoda Egamberdiyeva o‘rin olgan.

Gonkongda bo‘lib o‘tadigan qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionati O‘zbekiston terma jamoasi vakillari uchun navbatdagi xalqaro musobaqa bo‘ladi.