O‘zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjonga keldi

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjonga keldi
O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjonga keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.

Gabala xalqaro aeroportida O‘zbekiston yetakchisini Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Karimli, Gabala tumani ijro hokimiyati rahbari Sabuhi Abdullayev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari ertaga, 7-oktyabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining rasmiy tadbirlarida ishtirok etadi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.