Shoshilinch
O‘zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Mongoliya bilan bitimlarni tasdiqladi

O‘zbekiston Prezidenti Mongoliya bilan bitimlarni tasdiqladi
O‘zbekiston Prezidenti Mongoliya bilan bitimlarni tasdiqladi / Foto: O'zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qator xalqaro shartnomalarni tasdiqlovchi qarorni imzoladi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston va Mongoliya hukumatlari o‘rtasida imzolangan Xalqaro avtomobil tashuvlari to‘g‘risidagi bitim hamda Havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi.

Mazkur bitimlar 2024-yil 24-iyun kuni Toshkentda, Mongoliya Prezidentining O‘zbekistonga birinchi davlat tashrifi doirasida imzolangan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 23–26-iyun kunlari Mongoliya Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lgan.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ushbu bitimlarda belgilangan qoidalarni amalga oshirish uchun mas’ul etib tayinlandi. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga bitimlar kuchga kirgandan so‘ng ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan zarur nazoratni tashkil etish vazifasi yuklatildi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.