Iqtisod

O‘zbekiston Prezidenti "Blackrock" kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga amaliy tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida "Blackrock" investitsiya kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi va katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesini qabul qildi.

“Blackrock” – Amerikaning aktivlar va fondlarni boshqarish, shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan yirik investitsiya kompaniyasi. Kompaniya aktivlari 11 trillion AQSH dollaridan oshadi.

AQSHning yetakchi kompaniyasi bilan strategik sheriklikni, eng avvalo, energetika, transport va suv infratuzilmasini rivojlantirish sohalarida yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Qo‘shma fond tashkil etish rejalari qo‘llab-quvvatlandi. Tez fursatda Platforma konsepsiyasi kelishiladi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish boshlanadi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.