7
Iqtisod

O‘zbekiston Prezidenti “Aksa Enerji” kompaniyasi rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti “Aksa Enerji” kompaniyasi rahbarini qabul qildi
O‘zbekiston Prezidenti “Aksa Enerji” kompaniyasi rahbarini qabul qildi / Foto: Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar kengashining birinchi yig‘ilishi doirasida Turkiyaning "Aksa Enerji" kompaniyasining direktorlar kengashi raisi Jamil Kazanchini qabul qildi.

Suhbat davomida kompaniya bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, xususan uning O‘zbekiston energetika tarmog‘ini rivojlantirish va texnologik modernizatsiya qilish loyihalarida ishtirok etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar aniq loyihalar bo‘yicha ishlarni jadallashtirishga kelishib oldilar.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.