Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 23-oktabr kuni “Rosatom” atom energiyasi böyiça davlat korporatsiyasi boş direktori Aleksey Lixaçyovni qabul qildi.
Uçraşuvda mamlakatimizda ilk integratsiyalaşgan atom elektr stansiyasini barpo etiş loyihasini amalga oşiriş hamda ilğor texnologiyalar va bilimlar asosida tegişli infratuzilmani rivojlantiriş masalalari diqqat markazida böldi.
Birinçi reaktor binosi poydevorini quriş hamda atom elektr stansiyasini loyihalaştiriş işlari izçil davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Sohada malakali kadrlarni tayyorlaş, bunda, jumladan, “MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Toşkentdagi filiali hamda “Rosatom” kompaniyasi obyektlaridagi imkoniyatlardan foydalaniş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, bölajak AES yaqinida energiya tejamkor uy-joylar, zamonaviy ta’lim, tibbiyot va sport muassasalari hamda aholi uçun qulay ijtimoiy infratuzilmaga ega atomçilar şaharçasini barpo etiş borasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.