O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O‘zbekiston futzal terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Qozog‘istonni 2:1 hisobida mag‘lub etdi

Dilafro'z Niyazova · 17.10.2025 · 12:11 · 9515 views
O‘zbekiston futzal terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Qozog‘istonni 2:1 hisobida mag‘lub etdi
O‘zbekiston futzal terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Qozog‘istonni 2:1 hisobida mag‘lub etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 16 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston futzal terma jamoasi Qozog‘iston jamoasi ustidan g‘alaba qozondi.

Uchrashuv 2:1 hisobi bilan o‘zbek jamoasi foydasiga yakunlandi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida Xayrulla Solixov hisobni ochdi, 21-daqiqada Aleksandr Deryabin hisobni tenglashtirdi.

29-daqiqada Elbek To‘lqinov o‘z jamoasi uchun g‘alaba golini urdi va O‘zbekiston terma jamoasiga zafar keltirdi.