7
Sport

Kannavaro 4 mln yevro maosh haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Kannavaro 4 mln yevro maosh haqidagi mish-mishlarni rad etdi
Kannavaro 4 mln yevro maosh haqidagi mish-mishlarni rad etdi / Foto: AFU.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro uning yillik ish haqi 4 mln yevroni tashkil etishi haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda italiyalik mutaxassis matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Jurnalistlar savollariga javob berar ekan, Kannavaro bunday maʼlumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini taʼkidlab, tarqatilayotgan mish-mishlarga ishonmaslikka chaqirdi.

«Mening yillik maoshim 4 mln yevro emas. Bu kabi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan maʼlumotlar juda ko‘p takrorlanadi va ularga ishonmaslik kerak», — dedi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi.

Matbuot anjumani davomida Kannavaro bilan birga ish olib borayotgan murabbiylar shtabi aʼzolarining mehnatiga haq to‘lash masalasiga ham oydinlik kiritildi.

Taʼkidlanishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bosh murabbiy yordamchilariga alohida ish haqi to‘lamaydi.

Ular Fabio Kannavaroning shartnomasi doirasida faoliyat yuritadi, ularning mehnati uchun to‘lanadigan haq esa bosh murabbiy bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan umumiy mablag‘ hisobidan qoplanadi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.