7
Sport

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi JCH-2027dagi raqiblarini bildi

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi JCH-2027dagi raqiblarini bildi
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi JCH-2027dagi raqiblarini bildi / Foto: UFA.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 2027 yilgi jahon chempionati saralashining qitʼalararo pley-off bosqichi birinchi bosqichidagi raqiblarini aniqladi.

Qurʼa natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi Papua — Yangi Gvineya, Gana va Janubiy Afrika terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Qitʼalararo pley-offning birinchi bosqich uchrashuvlari 2026 yil noyabr–dekabr oylarida markazlashtirilgan formatda o‘tkaziladi.

Ushbu bosqichda O‘zbekiston terma jamoasining raqiblari Papua — Yangi Gvineya, Gana va Janubiy Afrika milliy terma jamoalari bo‘ladi.

Qitʼalararo pley-off 2027 yilgi ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadigan jamoalarni aniqlaydi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.