OTB 2025 yilda moliyalashtirishni 29,3 mlrd dollarga oshirdi

OTB 2025 yilda moliyalashtirishni 29,3 mlrd dollarga oshirdi

OTB 2025 yilda moliyalashtirishni 29,3 mlrd dollarga oshirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) o‘z mablag‘lari hisobidan 29,3 milliard AQSH dollari ajratdi va shu bilan birga Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarini o‘zgarib borayotgan global sharoitlarga moslashtirishga qaratilgan institutsional islohotlarni ilgari surdi.

OTBning 2025 yil uchun eʼlon qilingan yillik hisobotida qayd etilishicha, moliyalashtirish hajmi 2024 yilga nisbatan 20 foizga oshgan. Bank baholashiga ko‘ra, amalga oshirilgan dasturlar 3,3 milliondan ortiq ish o‘rinlari yaratishga va 180 milliondan ziyod aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilishi mumkin.

Qo‘shimcha ravishda sheriklar tomonidan 14,7 milliard AQSH dollari jalb qilingan. Kreditlar, grantlar, investitsiyalar, kafolatlar va texnik yordamlarni o‘z ichiga olgan umumiy moliyalashtirish hajmi 29,3 milliard AQSH dollarini tashkil etgan.

2025 yilda OTBning ustuvor yo‘nalishlaridan biri xususiy sektorni rivojlantirish bo‘lib, unga 5,5 milliard AQSH dollari yo‘naltirilgan. Davlat moliyalashtirishining katta qismi infratuzilma, institutsional islohotlar va xususiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlariga qaratiladi.

Hududlar kesimida mablag‘lar quyidagicha taqsimlangan: Markaziy va G‘arbiy Osiyoga 8,3 milliard dollar, Janubiy Osiyoga 9,7 milliard dollar, Janubi-Sharqiy Osiyoga 9 milliard dollar, Sharqiy Osiyoga 1,4 milliard dollar, Tinch okeani mintaqasiga 680 million dollar va mintaqaviy loyihalarga 302 million dollar yo‘naltirilgan.

Shuningdek, 2025 yilda bank qator institutsional islohotlarni tasdiqladi. Ular orasida aksiyadorlar kapitali oshirilmasdan moliyalashtirish hajmini 50 foizga oshirish imkonini beruvchi ustavga o‘zgartishlar, yangilangan energetika siyosati, xarid jarayonlarini optimallashtirish va strategik tarmoqlarda qiymat yaratish zanjirlarini rivojlantirishga yangicha yondashuv mavjud.

OTB Osiyo-Tinch okeani mintaqasida barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ko‘p tomonlama taraqqiyot banki sifatida faoliyatini davom ettirmoqda va u 69 ta aʼzo davlatni, jumladan 50 ta mintaqaviy mamlakatni birlashtiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling