O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Obidjon Muminov Toshkent hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi

Dilafro'z Niyazova · 17.04.2026 · 12:45 · 722 views
Obidjon Muminov Toshkent hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi
Obidjon Muminov Toshkent hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Obidjon Muminov Toshkent shahri hokimining uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi

Obidjon Odilovich Muminov Toshkent shahri hokimining uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — Bosh uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Obidjon Muminov 1987 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. U 2013 yilda Navoiy davlat pedagogika institutini, 2024 yilda esa Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasining magistraturasini tamomlagan.

Tayinlovga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida ko‘p qavatli uy-joy fondini boshqarish va ekspluatatsiya qilish tizimini muvofiqlashtirish hamda renovatsiya loyihalarini umumlashtirish departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Mazkur tayinlov poytaxtda uy-joy kommunal xo‘jaligi tizimini boshqarish samaradorligini yana-da oshirish va shahar infratuzilmasini modernizatsiya qilish loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan.