O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Rossiyada dronlar hujumi oqibatida yetti nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi / Foto: O‘zbekiston TIV

Dilafro'z Niyazova · 11.08.2026 · 11:30 · 30 views
Rossiyada dronlar hujumi oqibatida yetti nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi / Foto: O‘zbekiston TIV
Rossiyada dronlar hujumi oqibatida yetti nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi / Foto: O‘zbekiston TIV / Foto: O‘zbekiston TIV.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 10 avgust kuni Rossiya Federatsiyasining Tatarstan Respublikasi Nijnekamsk shahridagi obyektlarga uchuvchisiz qurilmalar hujumi natijasida O‘zbekistonning yetti nafar fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Xabarda keltirilgan maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida jami 13 kishi halok bo‘lgan, yana 39 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi mahalliy vakolatli organlar va tergov idoralari bilan aloqa o‘rnatgan hamda vaziyatni nazorat qilmoqda. Sud-tibbiy ekspertizasi va zarur rasmiy jarayonlar yakunlanganidan so‘ng halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining jasadlarini vatanga qaytarish choralari ko‘riladi.

Tatariston Raisi Rustam Minnixanov qarori bilan 10 avgust kuni respublikada halok bo‘lganlar xotirasiga motam eʼlon qilindi.

Shahar prokuraturasi fuqarolarning huquqlariga rioya etilishi va ularga zarur yordam ko‘rsatilishini nazorat qilmoqda. Yordam olish uchun 8 (8555) 470-303 va 8 (843) 291-18-81 telefon raqamlari ko‘rsatilgan.