O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Moliya

Uzbek Leasing «Tartibga solish qumdoni»ga kirdi

Dilafro'z Niyazova · 15.08.2026 · 11:00 · 25 views
Uzbek Leasing «Tartibga solish qumdoni»ga kirdi
Uzbek Leasing «Tartibga solish qumdoni»ga kirdi / Foto: ILMA.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — «Uzbek Leasing International A.O.» AJ kapital bozori sohasidagi maxsus huquqiy rejim — «Tartibga solish qumdoni» ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xabar berdi.

Maxsus rejim doirasida kompaniya xorijiy valyutada ifodalangan obligatsiyalar emitenti sifatida faoliyat yuritishni rejalashtirmoqda.

Faoliyat 2026 yil 29 aprelda 3826-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan «Kapital bozori sohasidagi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida xorijiy valyutada ifodalangan obligatsiyalarni chiqarish, joylashtirish, muomalaga kiritish va so‘ndirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

«Uzbek Leasing International» kompaniyasining «Tartibga solish qumdoni» ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi 2026 yil 14 avgustda amalga oshirildi.