O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Migratsiya agentligi Nijniy Novgorod viloyatidagi hodisani nazoratga oldi

UzDaily tahririyati · 03.08.2026 · 11:32 · 27 views
Migratsiya agentligi Nijniy Novgorod viloyatidagi hodisani nazoratga oldi
Migratsiya agentligi Nijniy Novgorod viloyatidagi hodisani nazoratga oldi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Migratsiya agentligi Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari vaqtida respublika fuqarolari aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatni nazoratga olganini maʼlum qildi.

Idora maʼlumotiga ko‘ra, Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda hodisa yuzasidan barcha holatlarni aniqlash, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash maqsadida Rossiyaning vakolatli organlari bilan hamkorlik qilmoqda.

Shuningdek, eʼlon qilingan videoda aks etgan O‘zbekiston fuqarosi M.S. bilan aloqa o‘rnatildi. Unga zarur konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Agentlik shuningdek, Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mazkur fuqaro uchun O‘zbekistonga qaytish aviachiptasi xarid qilinganini maʼlum qildi. Uning Vatanga yetib kelishi joriy yilning 6 avgust kuniga rejalashtirilgan.