O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

Namangan viloyati Belarus bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Dilafro'z Niyazova · 15.08.2026 · 10:35 · 31 views
Namangan viloyati Belarus bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
Namangan viloyati Belarus bilan hamkorlikni kengaytirmoqda / Foto: Namangan viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi delegatsiya Belarus Respublikasi vazirlik va idoralari mutasaddilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Xususan, “Bellegprom” konserni mutasaddilari bilan uchrashuvda yengil sanoat yo‘nalishida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish hamda Namangan tekstil mahsulotlarini Belarus bozoriga eksport qilish masalalari muhokama qilindi.

“Bellegprom” yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni birlashtiradi. Konsern tarkibiga 60 dan ortiq tashkilot kiradi. Ular to‘qimachilik, tikuvchilik, trikotaj hamda charm-poyabzal sanoati yo‘nalishlariga bo‘linadi.

Shuningdek, Belarus Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vazirligi, Oziq-ovqat sanoati birlashmasi vakillari bilan muloqotlarda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va ularni yana-da rivojlantirish asosiy eʼtiborda bo‘ldi. 

Namangan viloyati delegatsiyasining Belarus Respublikasiga safari davom etmoqda.