Iqtisod

Qatarning AL ALFIA kompaniyasi "O'zbekneftegaz" bilan hamkorlikni kengaytiradi

Qatarning AL ALFIA kompaniyasi "O'zbekneftegaz" bilan hamkorlikni kengaytiradi
Qatarning AL ALFIA kompaniyasi "O'zbekneftegaz" bilan hamkorlikni kengaytiradi / Foto: "O'zbekneftegaz" AJ.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov “AL ALFIA HOLDING” kompaniyasi Direktorlar kengashi raisi vakilasi Zaynab Al-Yusuf bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda tomonlar O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar izchil rivojlanayotganini alohida qayd etib, sohadagi hamkorlikni yanada kengaytirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi.

Muzokaralarda “Uzbekistan GTL” bazasida lubrikantlar va surkov materiallarini mahalliylashtirish, shuningdek, favvora armaturalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, “AL ALFIA HOLDING” kompaniyasining “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va belgilangan yo‘nalishlarda amaliy ishlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.