O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

Minskda Namanganning «Savdo uyi» ochildi

Dilafro'z Niyazova · 15.08.2026 · 10:50 · 35 views
Minskda Namanganning «Savdo uyi» ochildi
Minskda Namanganning «Savdo uyi» ochildi / Foto: Namangan viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Minsk shahrida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi delegatsiyaning Belarus Respublikasiga tashrifi doirasida mintaqa tadbirkorlari tomonidan tashkil etilgan «Savdo uyi» ochildi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Yangi savdo-ko‘rgazma maydonida «Namanganda ishlab chiqarilgan» brendi ostidagi to‘qimachilik va trikotaj mahsulotlari namoyish etilmoqda. Tashrif buyuruvchilarda «Art soft home» kompaniyasining eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlari alohida qiziqish uyg‘otmoqda.

Ochilish marosimida Minsk shahar ijroiya qo‘mitasi, shuningdek, Belarusning tegishli vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etdi.

Mazkur savdo-ko‘rgazma maydoni Namangan viloyati delegatsiyasining Belarus Respublikasiga tashrifi doirasida ochildi.