O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Termez aeroportida Fly Khiva charter reysi kechiktirildi

Dilafro'z Niyazova · 14.08.2026 · 16:30 · 27 views
Termez aeroportida Fly Khiva charter reysi kechiktirildi
Termez aeroportida Fly Khiva charter reysi kechiktirildi / Foto: Uzbekistan Airports.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Termez aeroportida 14 avgust kuni Fly Khiva aviakompaniyasining charter reysi kechiktirildi. Madinaga uchishni kutayotgan 189 nafar yo‘lovchining parvozi boshqa vaqtga qoldirildi, keyinchalik Toshkentga rejalashtirilgan reys texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Dastlab Termez — Madina yo‘nalishidagi charter reysi 12 avgustdan 13 avgustga o‘tar kechasi amalga oshirilishi kerak edi. Keyinchalik aviakompaniya parvozni 13 avgustdan 14 avgustga o‘tar kechaga ko‘chirdi.

Tashuvchining rejalari o‘zgarishi munosabati bilan 189 nafar yo‘lovchi Termezdan Toshkentga amalga oshiriladigan charter reysiga ro‘yxatdan o‘tkazildi. Uning parvozi 14 avgust soat 09:00 ga rejalashtirilgan edi, biroq ushbu reys ham texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi.

Termez aeroporti zarur xizmatlar faoliyatini taʼminlashda davom etmoqda hamda o‘z vakolati doirasida yo‘lovchilarga yordam ko‘rsatmoqda.

Parvozning yangi vaqti va yo‘lovchilarni keyingi tashishni tashkil etish bo‘yicha maʼlumotlarni Fly Khiva vakillaridan yoki aviakompaniyaning rasmiy saytidan aniqlash tavsiya etiladi.