O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Texnologiyalar

O‘zbekiston terma jamoasi IOI 2026da to‘rt medal oldi

Dilafro'z Niyazova · 14.08.2026 · 15:56 · 27 views
O‘zbekiston terma jamoasi IOI 2026da to‘rt medal oldi
O‘zbekiston terma jamoasi IOI 2026da to‘rt medal oldi / Foto: IOI 2026.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda bo‘lib o‘tgan 38-xalqaro informatika olimpiadasida (IOI 2026) to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi.

Milliy terma jamoa tarixida birinchi marta barcha to‘rt nafar ishtirokchi sovrindor bo‘ldi. Ular birta kumush va uchta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Kumush medalga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi Johanali Haydaraliyev sazovor bo‘ldi.

Bronza medallarni Nukus shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Timur Qodirbergenov, Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Ulug‘bek Rahmatullayev va shu maktabning 10-sinf o‘quvchisi Jahongirshoh Avazxonov qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari, Navoiy shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Sardorbek Salimov «Faxriy eʼtirof» mukofoti bilan taqdirlandi.

Tarixiy natija o‘quvchilarning ko‘p yillik tayyorgarligi va ularning ustozlari mehnati, shuningdek, mamlakatda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan raqamli taʼlim islohotlari natijasi bo‘ldi.

O‘zbekistonlik o‘quvchilarning Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro olimpiadadagi ishtiroki informatika bo‘yicha milliy terma jamoaning eng muhim natijalaridan biri bo‘lib, mamlakat yosh dasturchilarining xalqaro musobaqalarda kelgusidagi ishtiroki uchun zamin yaratdi.