O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

CSCEC O'zbekiston bilan farmatsevtika loyihalarini muhokama qildi

UzDaily tahririyati · 14.08.2026 · 19:20 · 46 views
CSCEC O'zbekiston bilan farmatsevtika loyihalarini muhokama qildi
CSCEC O'zbekiston bilan farmatsevtika loyihalarini muhokama qildi / Foto: Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Xitoyning dunyodagi eng yirik qurilish korporatsiyalaridan biri — China State Construction Engineering Corporation (CSCEC) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, zamonaviy ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini barpo etish, shuningdek, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, «BioPharma City» farmatsevtika klasteri doirasida zamonaviy laboratoriyalar, ilmiy-tadqiqot markazlari, ishlab chiqarish quvvatlari va muhandislik infratuzilmasini barpo etishda CSCECning xalqaro tajribasi va ilg‘or qurilish yechimlaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, obyektlarni loyihalash va qurishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, investitsiyalarni jalb qilish hamda yirik infratuzilmaviy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.