O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va DowGene biotexnologiya sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Dilafro'z Niyazova · 11.08.2026 · 18:30 · 45 views
Oʻzbekiston va DowGene biotexnologiya sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va DowGene biotexnologiya sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi / Foto: Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentlig.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov boshchiligidagi delegatsiyaning Koreya Respublikasiga amaliy safari doirasida biotexnologiya va molekulyar diagnostika sohasida faoliyat yurituvchi “DowGene Co., Ltd.” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqotda genetik va molekulyar diagnostika, DNK tahlili, innovatsion diagnostika mahsulotlarini mahalliylashtirish, texnologiyalar transferi hamda qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar zamonaviy diagnostika texnologiyalarini O‘zbekistonda joriy etish, biotexnologiya sohasida ilmiy va amaliy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, innovatsion yechimlarni tibbiyot amaliyotiga tatbiq etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv davomida Koreya kompaniyasi vakillariga «BioPharma City» hududida shakllantirilayotgan zamonaviy ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot infratuzilmasi, xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, xususan, R&D markazlarini tashkil etish, innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish va texnologiyalar transferi loyihalarini amalga oshirish shart-sharoitlari taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar biotexnologiya va molekulyar diagnostika yo‘nalishlarida amaliy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish hamda istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha