O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

«Jaloliddin Manguberdi» poyezdlari 16 avgustgacha yo‘nalishini o‘zgartiradi

Dilafro'z Niyazova · 11.08.2026 · 18:20 · 27 views
«Jaloliddin Manguberdi» poyezdlari 16 avgustgacha yo‘nalishini o‘zgartiradi
«Jaloliddin Manguberdi» poyezdlari 16 avgustgacha yo‘nalishini o‘zgartiradi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 11–16 avgust kunlari texnik sabablarga ko‘ra Toshkent — Xiva yo‘nalishida harakatlanuvchi «Jaloliddin Manguberdi» yuqori tezlikdagi elektropoyezdlarining harakat tartibi o‘zgaradi. Bu haqda “Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Yo‘lovchi tashuvchi №752 «Toshkent Yo‘lovchi — Xiva» poyezdi ko‘rsatilgan davrda amaldagi jadval asosida «Toshkent Yo‘lovchi» stansiyasidan Urganch stansiyasigacha harakatlanadi.

№751 «Xiva — Toshkent Yo‘lovchi» poyezdi ham 11–16 avgust kunlari Urganch stansiyasidan jo‘naydi.

O‘zgarishlar davrida yo‘lovchilar uchun Xiva — Urganch yo‘nalishi bo‘yicha avtobus qatnovi tashkil etiladi. Yo‘lovchilar Xiva stansiyasiga soat 07:00 gacha yetib kelishlari lozim.

Avtobus Xiva stansiyasidan Urganch stansiyasi tomon soat 07:10 da jo‘naydi.

Urganch stansiyasidan poyezdlarning jo‘nashi belgilangan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.

Yo‘lovchilarga safarlarni rejalashtirishda vaqtinchalik o‘zgarishlarni inobatga olish tavsiya etildi.