O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Ester Cosmetics kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarishni muhokama qilishdi

UzDaily tahririyati · 11.08.2026 · 11:45 · 29 views
Oʻzbekiston va Ester Cosmetics kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarishni muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Ester Cosmetics kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarishni muhokama qilishdi / Foto: Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida joylashgan «Ester Cosmetics» kompaniyasining ishlab chiqarish korxonasida bo‘ldi.

Kompaniya prezidenti Park Kvang Jae bilan o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekistonda talab yuqori bo‘lgan kosmetika mahsulotlarini investitsiya kiritish hamda shartnoma (OEM/ODM) asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, delegatsiya korxonaning zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot sifati nazorati va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.

Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish yuzasidan keyingi qadamlar belgilab olindi.

«Ester Cosmetics» 2010 yilda tashkil etilgan bo‘lib, teri parvarishi va dekorativ kosmetika mahsulotlarini OEM/ODM asosida ishlab chiqaradi. Kompaniyaning yillik ishlab chiqarish quvvati 50 million dona kosmetika mahsulotini tashkil etadi.