O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston Xitoy kompaniyalari bilan yangi loyihalarni muhokama qildi

Dilafro'z Niyazova · 13.08.2026 · 13:20 · 43 views
Oʻzbekiston Xitoy kompaniyalari bilan yangi loyihalarni muhokama qildi
Oʻzbekiston Xitoy kompaniyalari bilan yangi loyihalarni muhokama qildi / Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 12-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov Xitoyning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Delegatsiya tarkibidan Sichuan Hebang Investment Group, China Feihe Limited, YEMA Group, Zhejiang ZHINK Group hamda Beijing Century Beking Furniture kompaniyalari vakillari o‘rin oldi. Mazkur kompaniyalar tog‘-kon va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik, sut va oziq-ovqat mahsulotlari, PET-materiallar, to‘qimachilik hamda mebel sanoati yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi.

Xitoy tomoniga O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyati taqdim etildi. Tomonlar foydali qazilmalarni o‘zlashtirish, mineral xomashyoni chuqur qayta ishlash, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek, quruq sut va boshqa sut mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qo‘shma loyihalar istiqbollarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida istiqbolli loyihalarni tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda batafsil ishlab chiqish hamda ularni amaliy bosqichga o‘tkazish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.