O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Acer 50 yillik yubileyini nishonlamoqda va kundalik hayot uchun mahsulotlar hamda yechimlarni taklif qilmoqda

Dilafro'z Niyazova · 12.08.2026 · 18:25 · 28 views
Acer 50 yillik yubileyini nishonlamoqda va kundalik hayot uchun mahsulotlar hamda yechimlarni taklif qilmoqda
Acer 50 yillik yubileyini nishonlamoqda va kundalik hayot uchun mahsulotlar hamda yechimlarni taklif qilmoqda / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Acer o‘z taraqqiyotining keyingi yillarini inson hayotidagi texnologiyalarning o‘rnini qayta mulohaza qilish imkoniyati deb ko‘radi. Yondashuv markazida texnologiyalar inson imkoniyatlarini cheklab qo‘ymay, balki ularni kengaytirishi lozimligi g‘oyasi yotadi.

Jahonning yetakchi texnologik brendlaridan biri bo‘lgan Acer kompaniyasi 2026-yilda asos solinganining 50 yilligini nishonlaydi. Shu munosabat bilan kompaniya O‘zbekistondagi yetakchi OAV vakillari uchun matbuot nonushtasini uyushtirdi va unda brend evolyusiyasi haqida so‘zlab berdi, yangi texnologik yechimlarni namoyish etdi va SHK industriyasi kelajagiga o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv dasturiga, shuningdek, kundalik hayot uchun yechimlarni jamlovchi Acer Gadgets & Lifestyle yo‘nalishi bilan tanishuv ham kirdi.

Tadbir spikeri sifatida EMEET mintaqasi bo‘yicha Acer vitse-prezidenti Grigoriy Nizovskiy chiqish qildi.

Texnologiyalar taraqqiyotining 50 yilligi

Acer tarixi 1976-yil 1-avgustda Tayvanda boshlandi. Kompaniya $25 000 kapital bilan, Multitech nomi ostida ta’sis etilgan bo‘lib, dastavval mikroprotsessorli texnologiyalar sohasida mahsulotlar savdosi, ishlab chiqilishi hamda konsalting bilan shug‘ullangan. 1987-yilda Multitech kompaniyasi Acer nomini oldi.

Besh o‘n yillik davomida kompaniya texnologik startapdan to 160 dan ziyod mamlakatda taqdim etilgan xalqaro guruh darajasigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Bugungi kunda Acer kompyuterlar va displeylar, o‘yin qurilmalari, AI PC, monitorlar, ekotizimli yechimlar va boshqa texnologik yo‘nalishlar sohasidagi yechimlarni rivojlantirmoqda. Guruh butun dunyo bo‘ylab 12 ming atrofida xodimni birlashtiradi.

Acer’ning yubiley kampaniyasi “50 Years of Breaking Barriers” (“To‘siqlarni yengib o‘tishning 50 yilligi”) shiori ostida o‘tmoqda. Bu g‘oya kompaniya falsafasini – insoniyat va texnologiyalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etib, innovatsiyalarni hammaboproq qilish g‘oyasini aks ettiradi.

Faoliyati davomida Acer texnologiyalarni texnik xarakteristikalar to‘plami sifatidagina emas, balki amaliy vazifalarni hal qilish vositasi o‘laroq ham rivojlantirdi. Jumladan, 2015–2025-yillarda butun dunyodagi o‘quvchilarga 30 mln.dan ortiq Chromebook noutbuklari taqdim etildi, uylar, maktablar va korxonalarga yetkazib berilgan Acer qurilmalari umumiy soni esa 180 mln.dan oshadi.

Kompyuterlardan intellektual texnologiyalar sari

Acer faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bugungi kunga kelib sun’iy intellekt sanaladi. Kompaniya qurilmalar va dasturiy yechimlarda SI qo‘llanilishini kengaytirib, texnologiyalarni yanada shaxsiyroq va kundalik ssenariylarda foydaliroq qilishga intiladi. Acer portfelida SI qo‘llab-quvvatloviga ega qurilmalar, biznes va ta’lim uchun yechimlar, Predator va Nitro oilasiga mansub o‘yin mahsulotlari, monitorlar va boshqa texnologik mahsulotlar mavjud. Alohida yo‘nalish immersiv texnlogiyalar va 3D-vizualizatsiya rivoji (jumladan, SpatialLabsbazasida) bilan bog‘liqdir.

Keyingi 50 yil borasidagi o‘z qarashlarida Acer texnologiya odatiy ssenariyni sezilarli o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan bir nechta yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatadi: intellektual qurilmalar, shaxsiylashtirilgan ta’lim, inson va SI birgalikdagi faoliyatining yangi shakllari, tibbiy texnologiyalar, aqlli makonlar va yanada barqaror rivojlanish uchun yechimlar.

Ushbu qarashlarga rioya etgan holda, Acer ekotizimni an’anaviy SHK segmentidan tashqarida ham kengaytirishni davom ettiradi. Acer Gadgets & Lifestyle yo‘nalishi doirasida kompaniya kundalik hayot uchun mahsulotlar va yechimlarni rivojlantirib, funksionallik, zamonaviy dizayn va foydalanish qulayligiga e’tibor beradi. Shunday yo‘nalishlardan biri Acerpure oilasi bo‘ldi, u uy, oshxona, tozalash, soch parvarishi va go‘zallik uchun yechimlarni o‘z ichiga olib, kundalik vazifalarni osonroq va qulayroq qilishda yordam beradi.

Aynan mana shu oila Toshkentdagi matbuot nonushtasi doirasida taqdim etildi va Acer o‘z tajribasini brend uchun yangi ssenariylarda qanday qo‘llayotganini ko‘rish imkoni yaratildi.

Acer tarixining 50 yili – bu texnologiyalar va foydalanuvchilar bilan birgalikda muntazam olg‘a intilishdir. Bugungi kunda kompaniya yangi innovatsion yechimlarni yaratib, o‘z mahsulot ekotizimini kengaytirib va bozorning yangi ehtiyojlariga javob berib, ushbu yo‘lni davom ettirmoqda. Oldinda – navbatdagi 50 yillik, yangi texnologiyalar va yangi imkoniyatlar – ularni Acer o‘z foydalanuvchilari uchun yaratib, hammabop bo‘lishini ta’minlash niyatida.