Oʻzbekiston va Qirgʻiziston rahbarlari mintaqaviy transport integratsiyasini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turkiston shahrida boʻlib oʻtayotgan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Samimiy muloqotda Oʻzbekiston – Qirgʻiziston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzaro savdo hajmi jadal oʻsib, sanoat, qishloq, suv xoʻjaligi va boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalari ilgari surilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Madaniy-gumanitar almashinuvlar kengayib bormoqda.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari, energetika va transport sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni, shu jumladan, “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini jadallashtirish choralari muhokama qilindi.

Shuningdek, yetakchilar mintaqaviy kun tartibining muhim jihatlari yuzasidan fikr almashdilar va boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar.

#Shavkat Mirziyoyev  

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling