O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Polsha konchilik sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

UzDaily tahririyati · 28.07.2026 · 11:55 · 39 views
Oʻzbekiston va Polsha konchilik sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Polsha konchilik sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 27-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F. Xamidova Polsha Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Muvaqqat ishlar vakili Marian Pjezdecki bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida tomonlar geologiya va tog‘-kon sanoati sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, geologik qidiruv ishlari hamda investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuvda Polshaning Katovitse shahrida joriy yilning 9–11-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Future Mining Forum & Expo” xalqaro tog‘-kon sanoati forumi hamda Toshkent shahrida rejalashtirilayotgan “GEOMIN-2026” xalqaro forumi muhokama qilindi. Tomonlar ushbu tadbirlarda o‘zaro faol ishtirok etishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida geologiya va tog‘-kon sanoati sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni faollashtirish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib olindi. Bundan tashqari, joriy yilda Polsha tog‘-kon kompaniyalari delegatsiyasining O‘zbekistonga rejalashtirilayotgan tashrifi doirasida vazirlik rahbariyati bilan alohida uchrashuv tashkil etish masalasi muhokama qilindi.