Oʻzbekiston va Jahon banki hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Jahon banki hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Jahon banki hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 15-aprel kuni Jahon banki guruhi va Xalqaro valyuta jamg‘armasining yillik bahorgi yig‘ilishlari doirasida Jahon bankining rivojlanishni moliyalashtirish masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Akihiko Nishio hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini atroflicha muhokama qildi. Xususan, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (IDA) bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qiluvchi yuqori samarali loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotining izchil rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan istiqbolli tashabbuslarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Shuningdek, muhokamalar davomida tomonlar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni mustahkamlash, barqaror rivojlanishni ta’minlash, xalqaro moliya tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik jarayonlarini rivojlantirish hamda istiqboldagi ustuvor rejalar yuzasidan fikr almashdi.

Muzokaralar yakunida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, doimiy va samarali muloqot mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish hamda iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling