O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Moliya

Oʻzbekiston va Jahon banki davlat boshqaruvida sunʼiy intellektni joriy etish masalasini muhokama qilishdi

UzDaily · 20.06.2026 · 23:05 · 27 views
Oʻzbekiston va Jahon banki davlat boshqaruvida sunʼiy intellektni joriy etish masalasini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Jahon banki davlat boshqaruvida sunʼiy intellektni joriy etish masalasini muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 19-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida Jahon banki ekspertlari ishtirokida iqtisodiy transformatsiya, sun’iy intellekt va uzoq muddatli istiqbolli rejalashtirish yo‘nalishlarida xalqaro tajriba hamda hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Jahon banki ekspertlari — Stela Mocan, Luda Bujoreanu, Randeep Sudan va Maria Isabel Alves Da Silva Neto, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Umid Abidxadjayev ishtirok etdi.

Muloqot davomida iqtisodiyotni transformatsiya qilishning zamonaviy yondashuvlari, sun’iy intellekt texnologiyalarini davlat boshqaruvi va xususiy sektor faoliyatiga keng joriy etish, raqamli xizmatlar sifatini oshirish hamda ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish mexanizmlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ta’lim, moliya, sog‘liqni saqlash va davlat xizmatlari kabi sohalarda sun’iy intellektdan samarali foydalanish imkoniyatlari, uning iqtisodiy o‘sish sur’atlarini jadallashtirishdagi o‘rni hamda innovatsion ekotizimni rivojlantirishdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi. Xalqaro ekspertlar tomonidan raqamli transformatsiyani jadallashtirish, institutsional salohiyatni mustahkamlash va kelajakdagi texnologik o‘zgarishlarga tayyorgarlikni oshirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar taqdim etildi.

Tomonlar sun’iy intellektdan davlat xizmatlari ko‘rsatish samaradorligini oshirish, fuqarolar va tadbirkorlar uchun xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish hamda xususiy sektorda innovatsiyalarni rag‘batlantirish orqali yangi iqtisodiy imkoniyatlarni yaratish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida sun’iy intellekt texnologiyalarini davlat boshqaruvi va xususiy sektorga bosqichma-bosqich joriy etish, raqamli xizmatlar samaradorligini oshirish, ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv tizimlarini rivojlantirish hamda yangi iqtisodiyot yo‘nalishlarida xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish bo‘yicha hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Tomonlar mazkur yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni davom ettirish va istiqbolli tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish muhimligini ta’kidladilar.

UzDaily · 👁 27 views · 20.06.2026 · 23:05