Oʻzbekiston va Belarus sanoat hamkorligini kengaytirmoqda
Oʻzbekiston va Belarus sanoat hamkorligini kengaytirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 20-aprel kuni «INNOPROM. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Belarus Respublikasi Sanoat vaziri Aleksandr Kuznetsov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida tomonlar o'zaro hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini muhokama qildilar hamda agrosanoat va elektrotexnika sohalaridagi qo‘shma tashabbuslarni amaliyotga joriy etishga alohida e’tibor qaratdilar.
Asosiy urg‘u mashinasozlik yo‘nalishidagi sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga berildi. Uchrashuv ishtirokchilari o‘zaro hamkorlikning bugungi dinamikasini tahlil qilib, qo‘shma ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirish bo‘yicha kelgusi qadamlarni belgilab oldilar.
Savdo aloqalarini kengaytirish masalalari ham diqqat markazida bo‘ldi. Vazirlar yuqori talabga ega mahsulotlarning o‘zaro yetkazib berilish holatini ko‘rib chiqdilar va tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo'yicha birgalikda choralar ko‘rishga kelishib oldilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar strategik sheriklikni chuqurlashtirish hamda ishbilarmon doiralar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.