O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Moliya

Oʻzbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda YTTB yalpi shartnomalarni joriy etish va metro tariflarini isloh qilishni muhokama qilishdi

UzDaily · 20.06.2026 · 21:50 · 29 views
Oʻzbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda YTTB yalpi shartnomalarni joriy etish va metro tariflarini isloh qilishni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda YTTB yalpi shartnomalarni joriy etish va metro tariflarini isloh qilishni muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 19-iyun kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligi, transport va aloqa sohalarini moliyaviy tartibga solish va narx siyosati departamenti xodimlari hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida jamoat transportida brutto-shartnoma tizimini rivojlantirish hamda metropoliten xizmatlari uchun tarif metodologiyasini xalqaro tajriba va ilg‘or amaliyotlar asosida takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar brutto-shartnoma tizimini qo‘llash hamda metropoliten tarif siyosatini takomillashtirishda rivojlangan davlatlar tajribasi, ushbu yo‘nalishlarda samaradorlikni oshirishga xizmat qiluvchi omillar va ularni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.

YTTBning shahar transporti bo‘yicha mutaxassisi Ian Jennings mazkur yo‘nalishdagi xalqaro tajriba va amaliy yondashuvlar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirdi.

Uchrashuv yakunida jamoat transporti tizimini xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtirish, tarif siyosatini rivojlantirish hamda sohada hamkorlikni kengaytirish yuzasidan kelgusida ham yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

UzDaily · 👁 29 views · 20.06.2026 · 21:50