O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston Hindiston biznesiga oʻzining investitsiya salohiyatini taqdim etdi

UzDaily tahririyati · 04.08.2026 · 18:05 · 25 views
Oʻzbekiston Hindiston biznesiga oʻzining investitsiya salohiyatini taqdim etdi
Oʻzbekiston Hindiston biznesiga oʻzining investitsiya salohiyatini taqdim etdi / Foto: Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Hindiston Respublikasiga amalga oshirilayotgan xizmat safari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov boshchiligidagi delegatsiya tarkibida Hindiston Respublikasining Savdo va sanoat vaziri Piyush Goyal bilan uchrashuvda ishtirok etdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yana-da kengaytirish, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda qo‘shma investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda farmatsevtika sohasida hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish, texnologiyalar transferi, ilmiy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalarni joriy etish hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni yana-da mustahkamlash, ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan muloqotlarni izchil davom ettirish muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladilar.