Oʻzbekiston Germaniya bilan 20 million dollarlik eksport shartnomalarini tuzdi
Oʻzbekiston Germaniya bilan 20 million dollarlik eksport shartnomalarini tuzdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Germaniyaning Dyusseldorf shahrida o‘tkazilgan “Wire & Tube Düsseldorf 2026” xalqaro ko‘rgazmasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi hamda tizim korxonalari faol ishtirok etdi.
“Made in Uzbekistan” milliy stendida elektrotexnika mahsulotlari keng namoyish qilindi.
Ko‘rgazma doirasida Yevropa va Amerika kompaniyalari bilan samarali B2B uchrashuvlar o‘tkazildi.
Jumladan, kabel mahsulotlarini yetkazib berish, Germaniyaning “Starofit” kompaniyasi bilan mis quvurlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, shuningdek, “CzechTrade” agentligi bilan Yevropa Ittifoqi bozorlariga chiqish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Muhim natijalardan biri sifatida “Metsol” MCHJ va Sloveniyaning “Zikas” kompaniyasi, shuningdek, “Metal Processing Technology” MCHJ va germaniyalik hamkorlar o‘rtasida yirik eksport bitimlari tuzildi.
Bundan tashqari, “Sharq Tubes” hamda “Artikul Aziya Kabel” korxonalari Germaniya va Avstriya kompaniyalari bilan hamkorlik hujjatlarini imzoladi.
Umuman olganda, ko‘rgazma yakunlariga ko‘ra 2026-yil uchun umumiy qiymati 20 million AQSh dollariga teng eksport shartnomalariga erishildi. Bu esa uyushma korxonalarining xalqaro bozordagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.